Jamiyat
Germaniyaning Myunxen shahrida boʻlib oʻtgan One Young World 2025 – eng yirik xalqaro yoshlar sammitida Oʻzbekiston nomidan Oʻzbekiston talabalari xalqaro ittifoqi (UzSU) ijrochi direktori Asha Buxarbayeva ishtirok qildi. Bu haqda Dunyo nashri xabar qildi.
Noyabr oyi boshida boʻlib oʻtgan musobaqada dunyoning 190 mamlakatidan 2000 dan ortiq delegatlar, jumladan, yosh yetakchilar, tadbirkorlar, ekofaollar, xalqaro tashkilotlar va universitetlar vakillari ishtirok etdi.
Myunxenning Olimpiya stadionidagi ochilish marosimida Iordaniya qirolichasi Raniya Al-Abdulla, Nobel mukofoti sovrindorlari Mariya Ressa va Tavakkul Karman hamda futbol boʻyicha Germaniya terma jamoasi sobiq sardori Filipp Lam tabrik soʻzlari bilan chiqish qildi. Ular global muammolar davrida yoshlarga ishonish muhimligini, ular dadil qarorlar qabul qilishi zarurligini taʻkidladi.
Bu yilgi sammitda aylanma iqtisodiyot, raqamli masʻuliyat, tenglik, taʻlim va barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilindi.
London Qirollik kolleji bitiruvchisi Asha Buxarbayeva Markaziy Osiyo yoshlari alyansining mintaqaviy koordinatori ham hisoblanadi. Sammitdagi nutqida u Oʻzbekistonning yoshlar siyosatini amalga oshirish va talabalar tashabbuslarini ilgari surish boʻyicha tajribasini taqdim etdi.
U Markaziy Osiyo yoshlari oʻrtasida madaniy almashinuvni rivojlantirish va ularni ijtimoiy va madaniy mintaqaviy loyihalarga jalb etish muhimligini taʻkidladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q