Jamiyat
Siyosat
Toshkent shahrida o‘tkazilgan rasmiy tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Turkmanistonning savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Nazardurdy Agahаnov O‘zbekiston–Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasi faoliyatining amaliy jihatlarini muhokama qildi, deb xabar berdi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.
Unga ko‘ra, tomonlar o‘zaro savdo hajmini oshirish, milliy mahsulotlarni ilgari surish hamda ikki davlat tadbirkorligining rivojlanishi uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladigan ushbu qo‘shma savdo markazining huquqiy asoslarini kelishib oldi. Markazning umumiy maydoni 6 gektarni tashkil etadi: 3 gektar - O‘zbekiston qismi, 3 gektar - Turkmaniston qismi. Zarurat tug‘ilganda hudud alohida xalqaro kelishuv orqali kengaytirilishi mumkin.
Har ikki davlat fuqarolari chegaraoldi savdo zonasiga vizasiz kirish-chiqish huquqiga ega bo‘ladi.
O‘zbek-Turkman chegaraoldi savdo zonasining ochilishi O‘zbekiston va Turkmaniston tadbirkorlariga o‘z mahsulotlari bilan erkin savdo qilish, umumiy infratuzilma va soddalashtirilgan tartiblardan foydalanish imkonini beradi. Bu esa transchegaraviy savdoni rivojlantirish va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratishi qayd etilgan.
Jamiyat
Iqtisod
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110564
Jamiyat
94406
Jamiyat
90298
Jamiyat
74019
Jamiyat
//
Izoh yo‘q