Bangladeshning sobiq bosh vaziri oʻlim jazosiga hukm etildi

Saqlash
12:06 / 18.11.2025 59 0

Bangladesh poytaxti Dakka sudi mamlakatning sobiq bosh vaziri Shayx Hasinani insoniyatga qarshi jinoyatlarda, xususan, 2024-yilgi namoyishlarni shafqatsizlarcha bostirishda ayblab, uni sirtdan oʻlim jazosiga hukm qildi.

 

Bangladesh sudining maxsus ichki sudi – Xalqaro jinoyat tribunalining 3 sudyadan iborat hayʼati Hasinni xavfsizlik kuchlari tomonidan namoyishchilarni oʻldirishga undashda javobgar deb topgan. Unga shuningdek, namoyishlarni bostirish uchun halokatli qurollar, dron va vertoletlardan foydalanishni buyurganlik boʻyicha ayblovlar ham qoʻyilgan. Lekin u ayblovlarni tan olmayapti.

 

Baʼzi nashrlarga koʻra, Hasina bilan birga Bangladeshning sobiq Ichki ishlar vaziriga ham hukm oʻqilgan.

 

Hasina sud xulosasini “noxolis va siyosiy motivlarga ega” deb atadi.

 

“Men adolat bilan tekshirilgan dalillar koʻriladigan sud zalida ayblovchilarimni koʻrishdan qoʻrqmayman”, deydi u.

 

 

Sheyx Hasinaning Bosh vazir sifatidagi faoliyati

Sheyx Hasina 1966-2001-yillarda Bangladesh bosh vaziri boʻlgan. Ozgina tanaffusdan soʻng 2009-yildan 2024-yilga qadar yana shu lavozimda faoliyat yuritib, shu yil isteʼfoga chiqqan va tartibsizlik keltirib chiqargan ommaviy namoyishlar fonida xorijga qochib ketgan. Hozir u Hindistonda.

 

Maʼlumot uchun, Bangladeshdagi talabalar namoyishlari mamlakatdagi davlat sektorining 30% kvotasi Pokistondan mustaqillik uchun urushda qatnashganlarning qarindoshlari uchun ajratilgan davlat kvotalari tizimiga qarshi yuzaga kelgan. Natijada aksariyat kvotalar bekor qilingan, biroq demonstrantlar ularga nisbatan zoʻravonliklar toʻxtatilishini talab etib, protest qilishda davom etgan. Oʻsha yili avgustda namoyishchilar Bangladesh poytaxti Dakkadagi “Avami lig“ partiyasi ofisini yoqib yuborib, Shayx Hasina va Ichki ishlar vazirligi qarorgohini vayron qilgan, parlament binosini esa qamrab olgan.

 

BMTning Inson huquqlari boʻyicha boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, 46 kun davom etgan namoyishlarda 1400 ga yaqin inson halok boʻlgan. Ular orasida bolalar ham bor edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//