Siyosat
YUNESKO 30-oktabr-13-noyabr kunlari Samarqandda 43-Bosh konferensiya yuqori darajada tashkil etilgani munosabati bilan O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi.
“O‘zbekiston xalqi va hukumatiga yuqori darajadagi qabul, saxovatli mehmondo‘stlik va konferensiya ishining eng yaxshi sharoitlarda o‘tkazilishini ta’minlash uchun ko‘rilgan barcha choralar uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz”, deyiladi YUNESKO murojaatida.
YuNeSKO O‘zbekiston hukumatining barcha a’zo davlatlar, assotsiatsiyalashgan a’zolar va kuzatuvchilarning to‘liq ishtirokini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholashini bildirdi.
“O‘zbekiston xalqi va hukumatiga, xususan, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti janobi oliylariga, Bosh konferensiya o‘tkazilishiga ko‘rsatgan bebaho yordami, e’tibori va shaxsiy ishtiroki uchun tashkilot samimiy va chuqur minnatdorchilik bildiradi. Sessiyaning uzluksiz va samarali ishini ta’minlagan barcha o‘zbek xizmatlari va xodimlariga ularning ajoyib fidoyiligi va yuqori professionalligi uchun katta rahmat”, deyiladi murojaatda.
Shuningdek, tashkilot O‘zbekistonning madaniy xazinalari — qadimiy sivilizatsiya va boy merosi delegatsiyalar o‘rtasida uyg‘unlik ruhini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shganini ta’kidladi.
Murojaat so‘nggida YUNESKO O‘zbekiston xalqi va hukumatiga do‘stlik, o‘zaro hurmatni izhor qilib, tashkilot bilan xalqaro hamkorlikning kelajagiga ishonch bildirishini ma’lum qilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jahon
109745
Jamiyat
94123
Jamiyat
89911
Jamiyat
73114
Jamiyat
//
Izoh yo‘q