Jamiyat
AQSHning Florida shtati Gollivud shahrida Toshkent viloyatining rasmiy vakolatxonasi ochildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.
Ayni paytda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev rahbarligidagi viloyat delegatsiyasi xizmat safari bilan AQSHda bo‘lib turibdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Toshkent viloyatining xalqaro iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning yangi imkoniyatlarini yaratishdir.
Qayd etilishicha, AQSHning Florida shtati Gollivud shahrida Toshkent viloyatining rasmiy vakolatxonasi ochilgani ham bu yo‘nalishda yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Yangi vakolatxona viloyatning iqtisodiy, madaniy va turistik salohiyatini AQSHda keng targ‘ib etish, shuningdek, amerikalik biznes hamkorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘rnatishda muhim platforma vazifasini bajaradi.
Toshkent viloyati va Gollivud shahri o‘rtasida bir qancha yo‘nalishlarda qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu borada mazkur vakolatxona orqali viloyatdagi tadbirkorlar va eksportyorlar uchun AQSH bozoriga chiqishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida hamkorlik ko‘priklarini yaratish ko‘zda tutilgan.
.png)
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110500
Jamiyat
94399
Jamiyat
90288
Jamiyat
73950
Jamiyat
//
Izoh yo‘q