Jamiyat
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayev 14−16-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.
Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralar hamda Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yigʻilishi oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
Kun tartibidagi asosiy mavzu – savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq xoʻjaligi, suv resurslari, madaniy-gumanitar loyihalar kabi ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish.
Mintaqaviy va global siyosatning dolzarb masalalari, koʻp tomonlama formatlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashiladi.
Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi va qator qoʻshma loyihalarni ishga tushirish, Oʻzbekiston – Qozogʻiston strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar toʻplamini imzolash koʻzda tutilgan.
Qozogʻiston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ham ishtirok etadi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
112127
Jamiyat
94813
Jamiyat
90862
Jamiyat
75657
Jamiyat
//
Izoh yo‘q