Jamiyat
Hukumat qarori bilan “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Adliya vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, koʻkrak nishoni bilan fidoyi fuqarolar, birinchi navbatda, yoshlar taqdirlanadi.
Nomzodlar roʻyxati Prezident administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligiga har yili 1-mayga qadar taqdim etiladi.
Koʻkrak nishoni, qoida tariqasida, har yili 26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Jahon
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
109905
Jamiyat
94220
Jamiyat
90058
Jamiyat
73278
Jamiyat
//
Izoh yo‘q