Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Yuta shtatining Iso Masih Oxirgi zamon avliyolari cherkovi oqsoqoli Devid Bednar va “Stirling” xalqaro xayriya fondi raisi Mayls Xansendan iborat biznes delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda Oʻzbekistondagi AQSh elchisi Jonatan Henik ham ishtirok etdi.
Oʻzbekiston – AQSh strategik sheriklik munosabatlarining surʼati ortib borayotgan sharoitda Yuta shtati bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston va Yuta shtati oʻrtasidagi faol muloqot va almashinuvlar mamnuniyat bilan qayd etildi. Raqamlashtirish, taʼlim va ijtimoiy himoya sohalarida qoʻshma loyihalar boshlangan.
Innovatsiyalar, togʻ-kon sanoati, xotin-qizlar tadbirkorligi, inklyuziv taʼlim, sogʻliqni saqlash, suv taʼminoti va sanitariya sohalarida loyihalarni amalga oshirish uchun katta salohiyat borligi taʼkidlandi.
Yakunda hududlararo aloqalarni rivojlantirish maqsadida Yuta shtati gubernatori boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q