Jamiyat
O‘zbekistonda ish vaqtidan tashqari mehnat uchun haq to‘lash tartibi o‘zgartirildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Mehnat kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga Migratsiya agentligi vakolatlarini aniqlashtirish, xususiy bandlik agentliklarining huquq va majburiyatlarini kengaytirish, shuningdek, ish vaqtidan tashqari mehnat uchun haq to‘lash tizimini takomillashtirishga oid o‘zgartirishlar kiritildi.
Yangi qabul qilingan qonunga muvofiq, xususiy bandlik agentliklariga:
ish izlayotgan fuqarolarni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish hamda bu jarayonga xorijlik ish beruvchilarni jalb etish;
zaxira mablag‘larini tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirish orqali olingan foiz daromadlarini mustaqil tasarruf etish huquqi berildi.
Shuningdek, Mehnat kodeksidan ish vaqtidan tashqari mehnatning yillik davomiyligi 120 soatdan oshmasligi haqidagi cheklov chiqarib tashlandi. Endilikda ish vaqtidan tashqari mehnat uchun to‘lov miqdori quyidagicha belgilanadi:
bir kunda dastlabki 2 soat uchun kamida 1,5 baravar;
2 soatdan ortiq qismi uchun esa kamida 2 baravar miqdorda haq to‘lanadi.
Qonun loyihasi may oyida ko‘rib chiqilgandi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q