Zarafshon milliy tabiat bog‘ida bir nechta qush fotoqopqonga tushdi

Saqlash
15:36 / 12.11.2025 30 0

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Zarafshon  milliy tabiat bog‘i hududida o‘rnatilgan fotoqopqonga katta oq qarqara, ukki va suv tovug‘i muhrlandi.

Katta oq qarqara laylaksimonlar turkumiga mansub bo‘lib, qutb hududlaridan boshqa hamma joylarda tarqalgan. Tanasi 28-140 sm, qanoti 13,5-47 sm, og‘irligi esa 1,25-2 kgga teng. Suv havzasi qirg‘oqlaridagi chakalakzorlarda, o‘tloq yoki ochiq yerlarda hayot kechiradi. Mayda baliq, baqalar, mollyuskalar, hasharotlar, ba’zan kemiruvchilar, qushlar va boshqa hayvonlar bilan oziqlanadi. 

Ukki (Yevroosiyo burgut-boyo‘g‘lisi) — boyqushlar oilasiga mansub, yapaloqqushlar turkumining eng yirik vakillaridan bo‘lgan yirtqich qush turi hisoblanadi. Katta tanasi, qizg‘ish va hurpaygan patlari, yorqin to‘q sariq ko‘zlari hamda ularning ustidagi tik pat tutamlari bilan xarakterlanadi. Xalqaro ornitologlar ittifoqi ukkini 16 kenja turga ajratgan.

Ukkilar o‘rmon va dasht mintaqalarida tarqalgan, bu yerda yetarli oziq-ovqat zaxiralari va uya qurish uchun inson qadami yetishi qiyin bo‘lgan hududlar mavjud. Turli xil biotoplarga moslashadi.

Katta oq qarqara, ukki va suv tovug‘i fotoqopqonda

Insonlardan qochmaydi va ba’zan shahar chegaralarida in quradi. O‘troq qush. Quyon, kemiruvchi, tipratikan, qarg‘a, suv qushlari, tovuqlar, shuningdek, boshqa ko‘plab umurtqali hayvonlarni ovlaydi.

Uyalash yiliga bir marta qishda yoki erta bahorda, yer hali qor bilan qoplangan davrda boshlanadi. Asosan, past archa shoxlari, tosh uyumlari va buzilgan magistrallar, yoriqlar va jarliklarga, ixtiyoriy ravishda tog‘ va daryo vodiylarining tik yon bag‘irlariga in qurishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Zarafshon milliy tabiat bog‘i 2018-yilda tashkil etilgan. U Samarqand viloyatining Jomboy va Bulung‘ur tumanlari hududida, Zarafshon daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan. Bog‘da sut emizuvchilarning 26 turi, qushlarning 218 turi, sudralib yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va suvda hamda quruqlikda yashovchilarning 2 turi yashaydi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tasarrufidagi Zarafshon  milliy tabiat bog'i hududida o‘rnatilgan fotoqopqonga katta oq qarqara, ukki va suv tovug‘i muhrlandi.

Katta oq qarqara laylaksimonlar turkumiga mansub bo‘lib, qutb hududlaridan boshqa hamma joylarda tarqalgan. Tanasi 28-140 sm, qanoti 13,5-47 sm, ogʻirligi esa 1,25-2 kgga teng. Suv havzasi qirgʻoqlaridagi chakalakzorlarda, oʻtloq yoki ochiq yerlarda hayot kechiradi. Mayda baliq, baqalar, mollyuskalar, hasharotlar, baʼzan kemiruvchilar, qushlar va boshqa hayvonlar bilan oziqlanadi. 

Ukki (Yevroosiyo burgut-boyoʻgʻlisi) — boyqushlar oilasiga mansub, yapaloqqushlar turkumining eng yirik vakillaridan bo‘lgan yirtqich qush turi hisoblanadi. Katta tanasi, qizgʻish va hurpaygan patlari, yorqin toʻq sariq koʻzlari hamda ularning ustidagi tik pat tutamlari bilan xarakterlanadi. Xalqaro ornitologlar ittifoqi ukkini 16 kenja turga ajratgan.

Ukkilar oʻrmon va dasht mintaqalarida tarqalgan, bu yerda yetarli oziq-ovqat zaxiralari va uya qurish uchun inson qadami yetishi qiyin boʻlgan hududlar mavjud. Turli xil biotoplarga moslashadi. Insonlardan qochmaydi va baʼzan shahar chegaralarida in quradi. Oʻtroq qush. Quyon, kemiruvchi, tipratikan, qargʻa, suv qushlari, tovuqlar, shuningdek, boshqa koʻplab umurtqali hayvonlarni ovlaydi. Uyalash yiliga bir marta qishda yoki erta bahorda, yer hali qor bilan qoplangan davrda boshlanadi. Asosan, past archa shoxlari, tosh uyumlari va buzilgan magistrallar, yoriqlar va jarliklarga, ixtiyoriy ravishda togʻ va daryo vodiylarining tik yon bagʻirlariga in qurishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Zarafshon milliy tabiat bog‘i 2018-yilda tashkil etilgan. U Samarqand viloyatining Jomboy va Bulungʻur tumanlari hududida, Zarafshon daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Bog'da sut emizuvchilarning 26 turi, qushlarning 218 turi, sudralib yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va suvda hamda quruqlikda yashovchilarning 2 turi yashaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//