Siyosat
O‘zbekiston AQSh hududida qo‘shimcha konsulxonalar ochishni rejalashtirmoqda, deyiladi Shavkat Mirziyoyevning Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonida. Tashqi ishlar vazirligiga bir oy muddatda bu masalani ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Hujjatda yangi diplomatik vakolatxonalar shtatiga geografik qamrovni ta’minlash, shuningdek, vatandoshlarning yirik diasporalari eng ko‘p to‘plangan hududlarni (Filadelfiya, Chikago, Orlando va Sietl shaharlari) konsentratsiyasini hisobga olgan holda AQShning asosiy tarmoq markazlari bilan ishlash bo‘yicha xodimlar va mutaxassislar kiritilishi kerak, deyiladi.
“AQShning barcha shtatlarida yashab kelayotgan o‘zbek diasporalari bilan samarali hamkorlik modelini ishlab chiqish va muvaffaqiyatli amalga oshirish” yangi tashkil etilayotgan konsulliklarning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Shuningdek, ular investitsiyaviy-savdo blokini mustahkamlash va ishbilarmonlik hamkorligini kengaytirishga, Amerika — O‘zbekiston ishbilarmonlar va investitsiya kengashi vazifalari va loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga, O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi maslahatchi-vakili — Prezident Administratsiyasining AQShdagi vakili ishiga ko‘maklashishga xizmat qilishi kerak. Ushbu lavozim 2026-yil 1-yanvardan tashqi siyosiy va davlat tashabbuslarini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida joriy etiladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
109736
Jamiyat
94114
Jamiyat
89905
Jamiyat
73105
Jamiyat
//
Izoh yo‘q