Jamiyat
Endilikda “CoComelon” multfilmi personajlaridan noqonuniy foydalanish mumkin emas. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Adliya vazirligi tomonidan “Moonbug Entertainment Limited” (Buyuk Britaniya) kompaniyasining murojaatiga asosan “C.K.” MChJda mualliflik huquqlari buzilayotgani yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida “C.K.” MChJga tegishli savdo do‘konlari va ijtimoiy tarmoqlarda “Cocomelon” multfilmi personajlaridan reklama maqsadlarida foydalanilayotgani aniqlandi.
Mazkur holat bo‘yicha “C.K.” MChJga nisbatan ta’sir chorasi qo‘llanilib, savdo do‘konlari va internet tarmoqlaridan “Cocomelon” multfilmi personajlarini olib tashlash majburiyati yuklandi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q