Jamiyat
Yangi tartib doirasida chiqindi xizmatlaridan qarzdorligi bo‘lgan 6000 ta abonent elektr energiyasiga to‘lov qilishdan vaqtincha cheklandi, 25 ming 121 ta abonent “2100” qisqa raqamidan “SMS” xabarnoma orqali ogohlantirildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish agentligi xabar berdi.
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi (2025-yil 7-martdagi 1044-sonli) Qonunga asosan chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari boʻyicha toʻlov intizomini kuchaytirish maqsadida yangi tartib joriy etilgan edi. Unga koʻra, har oyning 3-sanasiga qadar qarzdor abonentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining “Toza makon” billing elektron tizimidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning billing tizimiga uzatiladi.
Tartib chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun joriy yilning 5-noyabridan boshlab qo‘llanilmoqda. Sanitar tozalash korxonalari esa chiqindi to‘lovlarini hisoblashda aniqlik va haqqoniylik uchun javobgar sanaladi.
5-noyabr kuni Toshkent shahri bo‘yicha chiqindi xizmatlaridan yuzaga kelgan qariyb 2 mlrd 239 mln so‘m debitor qarzdorlik uchun jami 25 ming 121 ta abonent “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “2100” qisqa raqamidan “SMS” xabarnoma orqali ogohlantirilgan. Ushbu ogohlantirish yuborilganidan keyin 5 (besh) kun ichida qarzdorlikni bartaraf etmagan 6 ming ta abonentning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatiga bugundan vaqtincha cheklov joriy etildi. Ayni paytda Toshkent shahri kesimida chiqindi xizmatlaridan jami 582 mln so‘mdan ortiq debitor qarzdorlik mavjud.
Mazkur cheklov qarzdorlik bartaraf etilishi bilanoq darhol yechiladi. Mazkur tartib joriy yilning dekabr oyidan boshlab respublikaning qolgan hududlarida ham joriy etiladi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
109731
Jamiyat
94110
Jamiyat
89900
Jamiyat
73101
Jamiyat
//
Izoh yo‘q