Ilm-fan
Qadimgi Qanqa shahridan yangi topilma: 10 – 11-yuzyilliklarga oid devoriy suratlar qayd etildi, deb xabar berdi Tarix instituti.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti arxeologlari tomonidan Toshkent viloyati hokimligi homiyligida amalga oshirilayotgan arxeologik qazishmalarning navbatdagi kunida noyob topilma — milodiy X, XI asrlarga oid devoriy suratlar aniqlandi.
.jpg)
Topilmalar qadimgi Qanqa shahri shahristonida joylashgan katta karvonsaroy hududida ochildi. Qadimgi shaharning janubiy darvozasidan taxminan 60 metr masofada joylashgan bu karvonsaroyning umumiy o‘lchami taxminan 100×70 metrni tashkil etadi. Bino o‘zining me’moriy mahobati bilan ajralib turadi.
Karvonsaroy xonalaridan birida olib borilayotgan qazuv jarayonida xonalar devorlaridan qulab tushgan devoriy surat bo‘laklari aniqlandi. Ular 25×30, 15×20 va 30×35 santimetr o‘lchamda bo‘lib, bu karvonsaroy xonalari devoriy suratlar bilan bezatilganini tasdiqlaydi. Topilmalar arablar bosqinidan keyin ma’lum vaqt yo‘qolib ketgan devoriy bezak san’ati Toshkent hududida ham X, XI asrlarda qayta tiklanganini ko‘rsatadi.

Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, shunga o‘xshash devoriy rasmlar Samarqand va Axsikent yodgorliklarida ham aniqlangan. Madaniy meros agentligi Samarqand arxeologiya instituti restavratorlari ishtirokida o‘rganilayotgan ushbu suratlar Toshkentda ham devoriy suratchilik maktabi mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi. Yodgorlikda 2023-yili olib borilgan arxeologik izlanishlar davomida V-VII asrga oid devoriy suratlari qayd etilgan edi.
Qanqa shahridagi ushbu topilma nafaqat hududning madaniy hayoti va san’at rivojini yoritishda, balki Toshkent voxasi o‘rta asrlar tarixini yangi qirradan o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
109731
Jamiyat
94110
Jamiyat
89900
Jamiyat
73100
Jamiyat
//
Izoh yo‘q