Jamiyat
Joriy yilning may oyida Andijon viloyati Xonobod shahri sudi raisi 30 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqt qoʻlga olinib, 12-may kuni uning sudyalik vakolati toʻxtatilgan.
Sud raisi bugun, 11-noyabr kuni sud hukmi bilan 10 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud xabar qildi.
Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan 2025-yilning 17-oktyabr kuni eʼlon qilingan hukmiga muvofiq Yu.E. (1974-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan, jinoyat ishlari boʻyicha Xonobod shahar sudining raisi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksning 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda koʻp miqdorda firibgarlik qilishga suiqasd) va 25,211-moddasi 3-qismi “a” bandida (Juda koʻp miqdorda pora berishga suiqasd) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Unga 2,5 yil davomida mansab lavozimlarida, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 10-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110500
Jamiyat
94399
Jamiyat
90288
Jamiyat
73950
Jamiyat
//
Izoh yo‘q