Statistika: O‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr davomiyligi 2 yoshga uzaygan

Saqlash
09:44 / 11.11.2025 41 0

O‘zbekistonda erkaklar va ayollar orasida o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 2 yilga uzaygan. Bu haqda 10 noyabr kuni Prezident boshchiligida tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda maʼlum qilindi.

 

Prezident ushbu raqamlarga to‘xtalarkan, tibbiyotdagi o‘zgarishlarni qishloq va olis hududlarda yashayotgan millionlab odamlar ham his qilayotgani, xalqaro tashkilotlar, tahlil va reyting markazlari e’tirof etayotganini qayd etib, buni katta yutuq ekanini taʼkidlaydi.

 

“Yurtimizda o‘rtacha umr davomiyligi erkaklar o‘rtasida 71 dan 73 yoshga, xotin-qizlarning orasida esa 76 dan 77,5 yoshga uzaygani sizlar bilan erishgan katta yutug‘imiz, desam to‘g‘ri bo‘ladi.  Albatta, mashaqqatli mehnat mahsuli bo‘lgan bunday ezgu ishlarda 600 mingdan ziyod jonkuyar tibbiyot xodimlarining munosib hissasini e’tirof etib, har qancha rahmat aytsak, arziydi”, – dedi davlat rahbari.

 

Uchrashuvda Prezident shuningdek, davlatning yuksak unvon, orden va medallariga sazovor bo‘lganlarni mukofot bilan taqdirladi. Ular orasida dunyoning nufuzli oliygohlarida ta’lim, tajriba olib, yurtga qaytib kelib ishlayotgan, yuqori texnologik muolajalarni amalga oshirayotgan yosh shifokorlar ham bor.

 
Davlat rahbari aholi salomatligini saqlashda yaqindan ko‘mak berayotgan xorijiy hamkorlarga alohida hurmat va ehtiromini izhor etdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//