O‘zbekistonda ayrim elektr hisoblagichlar ortiqcha kilovatt yozyaptimi?

Saqlash
18:12 / 10.11.2025 42 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Shoshilinch xabar: O‘zbekistonda ayrim elektr schyotchiklari ortiqcha kilovatt “yozyapti!” Ehtimol, siz ham ortiqcha to‘layapsiz!” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rasmiy munosabat bildirdi.

 

Unda bildirilishicha, tavsiyaviy mazmunga ega bo‘lgan bunday xabar sarlavhasida go‘yoki elektr energiyasi hisobi uchun o‘rnatilgan hisoblagichlar “ortiqcha” elektr energiyasi hisoblayotganini anglatadi. Aslida esa tarqatilgan xabar mazmunida respublika bo‘ylab o‘rnatilgan hisoblagichning tegishli tugmasi orqali mavjud funksiyalarni iste’molchi tomonidan aniqlash imkoniyatlari tushuntirilgan.

 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ iste’molchilarga o‘rnatilayotgan barcha turdagi hisoblagichlar bir nechta bosqichli sinov va tekshiruv jarayonlaridan o‘tishi, kamchilik aniqlanganda o‘rnatish va sotish uchun chiqarmasligi qat’iy nazorat qilinishini eslatib o‘tar ekan, yuqorida keltirilgan xabar mutlaqo asossiz ekanligini ma’lum qildi.

 

Iste’molchilar hisoblagichlarda elektr energiyasi iste’moli hisobida qandaydir shubha bo‘lsa tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalariga yoki 1154 qisqa raqamli Koll-markazi hamda Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi @HET_admin orqali murojaat qilishi mumkin.

 

AJ ijtimoiy tarmoq egalari hamda adminlaridan fuqarolarni chalg‘ituvchi va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatmaslikni, iste’molchilardan esa elektr energiyasiga oid ma’lumotlarni rasmiy axborot manbalaridan kuzatishlarini so‘ragan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//