Jamiyat
18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida bayroq estafetasi boshlandi.
Bayroq estafetasi respublikamizning uchta hududi: Andijon, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan yo‘lga chiqib, poytaxt sari kelmoqda.
Qoraqalpoq Respublikasi Mo‘ynoq tumanidan estafetaga start berildi. Qo‘ng‘irot, Qonliko‘l, Shumanay, Xo‘jayli tumanlari, Nukus shahri, Amudaryo tumanlarida yoshlar, sportchilar O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat bayroqlarini dast ko‘targan holda harakat qilmoqda. Shundan so‘ng estafeta viloyat markaziga keladi va yakunda navbatdagi viloyatlar ya’ni Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan olib o‘tiladi.


Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidan start berilgan “Bayroq estafetasi” esa viloyatdagi tumanlari, markaziy joylarda davom etmoqda va estafeta Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari bo‘ylab ham harakatlanadi.

.jpg)
Navbatdagi bayroq estefetasining boshlanish nuqtasi Andijon viloyati Xonobod shahri bo‘ldi. Tadbirda sportchilar chiqishi, milliy kiyimda raqslar namoyish etildi. Estafetaning navbatdagi manzillari Farg‘ona, Namangan bo‘ladi.
Shuningdek, estafeta Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahriб umuman mamlakatimizning barcha viloyat, ma’muriy hududlari bo‘ylab harakat qiladi.
Davlat bayrog‘i 18-noyabr kuni Toshkent shahriga yetib keladi va tantanali bayram tadbiri tashkil etiladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q