Ilm-fan
Markaziy bank joriy yilning sentyabr–oktyabr oylarida tijorat banklarining rasmiy veb-saytlarini monitoringdan o‘tkazganini ma’lum qildi. Bundan maqsad – moliyaviy xizmatlar iste’molchilari uchun axborotlar oshkor etilishi bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etilishini hamda foydalanuvchilarning to‘liq va ishonchli ma’lumot olish huquqi ta’minlanishni tekshirishdan iborat.
Monitoring natijasida ularda qator kamchiliklar va qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonun talablariga rioya etilmasdan ayrim banklarning veb-saytlarida ma’lumotlar davlat tilida joylashtirilmagan.
Bundan tashqari, axborotlarni oshkor etish bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etilmagan holda ayrim banklarning veb-saytlarida kredit ta’minotiga qabul qilingan garov mulklarini kreditning asosiy qarzi qoldig‘iga mutanosib ravishda bosqichma-bosqich garovdan chiqarish tartibi joylashtirilmagan.
Bunday kamchiliklar quyidagi banklarning rasmiy veb-saytlarida kuzatilgan:
▪️ Agrobank;
▪️ Anor bank;
▪️ Hayot bank;
▪️ Universal bank;
▪️ Garant bank;
▪️ Asakabank;
▪️ Turonbank;
▪️ Infinbank;
▪️ Mikrokreditbank;
▪️ Trastbank;
▪️ Madad Invest bank;
▪️ Soderot bank;
▪️ Orient Finans bank;
▪️ Ipoteka-bank;
▪️ Tenge bank,
▪️ Ziraat bank Uzbekistan;
▪️ AVO bank;
▪️ Open bank.
Yakunda Markaziy bank tomonidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan banklarning har biriga nisbatan amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq 102 mln so‘mdan jarima chorasi qo‘llanilgan va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda rasmiy veb-saytlardagi ma’lumotlarni qonunchilik talablariga to‘liq moslashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar yuborilgan.
Markaziy bank barcha tijorat banklaridan:
▪️ axborotlarni iste’molchilarga oshkor etishda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonun talablariga so‘zsiz rioya etilishi;
▪️ rasmiy veb-saytlarda joylashtirilayotgan ma’lumotlarning to‘liqligi va dolzarbligi ta’minlanishi;
▪️ rasmiy veb-saytlarda joylashtirilgan axborotlarni oshkor etishda iste’molchilarining to‘liq, ishonchli va tushunarli ma’lumot olish huquqi hisobga olinishi lozimligini qat’iy ravishda talab etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
109728
Jamiyat
94107
Jamiyat
89895
Jamiyat
73095
Jamiyat
//
Izoh yo‘q