Jamiyat
Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan bo‘lib o‘tayotgan muloqotda davlat rahbari ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari masalasiga ham to‘xtaldi.
Shavkat Mirziyoyev yaqinda Respublika onkologiya markazi rahbari ishdan olinib, o‘rniga Turkiyadan malakali boshqaruvchi qo‘yilganini eslatib o‘tar ekan, endilikda bu markazga Fransiyaning dunyo tan olgan “Gustav Russi” klinikasining klinik protokollarini tatbiq etish boshlanadi.
“Barcha markaz rahbarlari eshitib olsin: markazlar shaxsiy mulk emas, ularning barchasi davlatniki, xalqniki!
Har bir markaz rahbari xulosa chiqarib, o‘ziga bir yillik katta reja olishi kerak. Ular uch oyda xorijdan hamkor topib, o‘zi o‘zgarish qiladi yoki bu ishni ularsiz qilamiz”, – dedi Prezident.
Yig‘ilishda bundan buyon 26 ta markaz direktorlari, viloyat, tuman sog‘liqni saqlash rahbarlari, oilaviy poliklinika mudirlari bir oylik aniq reja asosida ishlashga o‘tishi ta’kidlandi.
Ushbu rahbarlar televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda chiqib, zimmasiga olgan vazifalarni, qaysi kasalliklar ko‘p uchrayotgani va ularni qanday kamaytirishni aholiga e’lon qilib boradi.
Shuningdek, odamlarga murojaat qilib, sog‘lig‘iga e’tibor qilish, tibbiy ko‘rikdan vaqtida o‘tish, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikni tushuntiradi.
Markaz rahbarlari o‘z sohasida eng og‘ir tuman va mahallaga boradi. Bir oy qolib, kasalliklarning sabablarini o‘rganib, ularga yechim beradi, oilaviy poliklinika va tuman shifoxonalarining vrachlarini kasallikni davolashga o‘rgatadi.
Viloyat va tuman sog‘liqni saqlash rahbarlarining kunlik qabuli esa mahallada o‘tkaziladi.
“Shunda xalq bilan muloqot paydo bo‘ladi, odamlarimiz bundan rozi bo‘ladi, tibbiyot tizimiga xolis bahoni o‘zi beradi.
Shu o‘rinda viloyat, tuman tibbiyot rahbarlari va bosh shifokorlar, poliklinika mudirlariga murojaat qilmoqchiman. Ular o‘ziga savol bersin: bemor shifoxona va poliklinikaga kelganda qancha vaqt sarflayapti, olgan xizmatidan qanchalik ko‘ngli to‘lyapti?
Mazkur rahbarlar o‘zini bemorning o‘rniga qo‘yib, eshikdan boshlab, vrach qabuliga kirish uchun xonama-xona yursa, rentgen, laboratoriya, UZI, EKG uchun boshqa-boshqa qavatga chiqib-tushsa, shunda odamlarning holatini tushunib, bu savolga javob topadi.
Shu bois, har bir viloyat, tuman tibbiyot rahbari, bosh shifokor va poliklinika mudiri bemorga e’tiborli bo‘lib, dardiga shifo izlab kelgan har bir odamning ishi tez bitishi uchun barcha sharoitlarni yaratishi shart!”, – dedi Prezident.
Xabarga ko‘ra, tuman va viloyat bosh shifokorlari respublika markazlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan, integratsiyalashgan tizim joriy qilinishi belgilandi.
Ular hududidagi kasalliklarning turi va dinamikasiga qarab, markazlarga buyurtma beradi. Bunda nafaqat davolash usullari, balki kasalliklarning oldini olish, shifokorlarning malakasini oshirish kabi aniq masalalarni qo‘yadi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109728
Jamiyat
94107
Jamiyat
89894
Jamiyat
73093
Jamiyat
//
Izoh yo‘q