Jamiyat
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Prezident hamda sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlari ishtirokida o‘tayotgan yig‘ilishda davlat rahbari sohada yechimini kutayotgan masalalarni ochiq-oydin gaplashib olishni taklif etdi.
Avvalo, aholi daromadining katta qismini aslida dori-darmonga sarflayotgani haqida gapirildi.
“Ixtisoslashgan markazlarga so‘nggi besh yilda 7.5 trillion so‘m mablag‘ berildi. Ular minglab eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi. Dori yetmayapti deb birorta markaz ayta oladimi?
Mana shu mablag‘lar, uskunalar va dori-darmonlar qanday ishlatilyapti? Afsuski, uskunalarning quvvatidan bor-yo‘g‘i 25 foiz foydalanilyapti”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, raqamlashtirish, xorijdan hamkor topish, klinik protokollarni yangilash, ilg‘or diagnostika, profilaktika va davolashni uddalaydigan zamonaviy jamoani shakllantirish bo‘yicha ishlamagan markaz, tuman, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarma va bo‘limlarining kelajagi yo‘qligi qayd etildi.
Qaysi mahallada, tumanda qanday kasallik ko‘paygan yoki kamayganini tahlil qilib, ularning oldini olish hamda samarali davolash bo‘yicha aniq reja bilan ishlash, respublika markazlari bunday tahlil va yondashuv bilan ishni pastda tashkil qilishi, katta-katta mablag‘ evaziga olib berilgan eng zamonaviy uskunalardan samarali foydalanish har qachongidan ham dolzarb ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Prezident bu ishlarning ahvolini aniq misollar asosida tahlil qilib berdi.
Misol uchun, oxirgi besh yilda oshqozon kasalliklari 1.5 barobar qisqargan bo‘lsa-da, Qashqadaryo va Navoiyda deyarli o‘zgarish bo‘lmagan. Yakkabog‘da shifokorlarga bo‘lgan murojaatlarning 33 foizi, G‘uzorda 29 foizi, Koson va Mirishkorda esa 25 foizi oshqozon-ichak kasalliklari bilan bog‘liq.
Davlat rahbari shifokorlar aholiga, ayniqsa, bolalarga haligacha antibiotiklarni pala-partish qo‘llab kelayotganini tanqid qildi. Tumanlarga tushib, shifoxona va poliklinikadagi vrachlarga qaysi dori mumkin, qaysi biri mumkin emasligini o‘rgatish ishlari sustligini aytdi.
Buyrak kasalliklarining ulushi Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Farg‘ona va Andijonda respublika ko‘rsatkichidan 40-50 foizga yuqoriligi ham sohadagi muammolarning yana bir misoli sifatida keltirib o‘tildi.
Mazkur hududlarda bu kasalliklar yillar davomida kamaymasdan kelayotgani Urologiya markazi va Nefrologiya markazi rahbariyatini xavotirga solishi, ular pastga tushib, buyrak kasalliklarining oldini olishni o‘rgatishi kerakligi ta’kidlandi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109728
Jamiyat
94107
Jamiyat
89894
Jamiyat
73093
Jamiyat
//
Izoh yo‘q