Yolg‘on axborot tarqatganlar javobgarlikka tortildi

Saqlash
12:27 / 10.11.2025 62 0

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “OITS (SPID)ga chalingan shaxslar o‘rindiqlarga igna qo‘yib ketmoqda” mazmunida xabarlar tarqaldi. Videoda ko‘rsatilishicha, go‘yo kimlardir yuqumli kasalliklarni boshqa fuqarolarga yuqtirish maqsadida foydalanilgan tibbiy ignani o‘rindiqlarga joylashtirgan va bundan odamlar zarar ko‘rayotgani aks ettirilgan. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

 

O‘tkazilgan surishtiruvlar natijasida videoni tayyorlagan va tarqatgan shaxslar aniqlangan.

 

“O‘rtog‘im mana shunaqa, SPID haqida video olaylik degan edi. Qilgan ishimdan pushaymonman. Butun xalqdan uzr so‘rayman. Men bunaqa ommaga chiqib ketishini bilmagandim” dedi video ayblanuvchilardan biri.

 

“Bir g‘oya kelib qoldi. Instagramni ko‘rib, biz ham shu videoni takrorlamoqchi bo‘ldik, o‘rindiqqa igna qo‘yib ketganini. Keyin shu videoni oldik. Bunaqa asosdagi videoni “prosmotr”, “layk” uchun qiluvdim. Boshqa blogerlarga bunaqa yolg‘on ma’lumot tarqatishni maslahat bermayman. oqibatlari yomon narsalarga olib keladi. Qilgan ishimdan afsusdaman. Xalqdan uzr so‘rayman" dedi ayblanuvchilarning yana biri.

 

Yakunda, videoni tayyorlab tarqatgan ikki shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-2-moddasi (“Yolg‘on axborot tarqatish”) bo‘yicha huquqiy hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudiga yuborilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//