Jamiyat
O‘zgidromet 14-noyabrgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bugun va yaqin kunlarda O‘zbekiston hududida asta-sekin havo harorati ko‘tarilishi davom etadi.
Harorat 10-11-noyabr kunlari kechasi va ertalab 0– +3 daraja iliq, kunduzi +13– +16 daraja iliq bo‘ladi.
Hafta o‘rtasidan boshlab havo harorati kechki va tonggi vaqtlarda +4-+7 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduzi esa +17– +20 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Respublika hududining aksariyat qismida quruq havo saqlanib turadi. Faqat 10-11-noyabr kunlari Toshkent viloyatining tog‘li hududlarining ba’zi joylarida yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) yog‘ishi mumkin.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati — 10-11-noyabrda kechasi +2– +4, kunduzi +13– +16; 12–14-noyabrda — kechasi +4– +7, iliq, kunduzi +17– +20 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/c tezlikda esadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
109728
Jamiyat
94106
Jamiyat
89894
Jamiyat
73093
Jamiyat
//
Izoh yo‘q