Madaniyat
Milliy statistika qo‘mitasining 2025-yil 1-yanvar holati bo‘yicha taqdim qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 14 999 ta kutubxona faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularda 85 mln nusxada kitob va jurnallar mavjud.
Foydalanuvchilar soni esa 12.8 mln nafar kishini tashkil etadi.
Taqsimlanganda:
▪️ 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar – 31.6 foiz;
▪️ 15-24 yoshdagi o‘smirlar – 45.9 foiz;
▪️ 25 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar – 22.6 foiz.
Hududlar kesimida kutubxonalar soni quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 934 ta;
Andijon viloyati – 1 065 ta;
Buxoro viloyati – 764 ta;
Jizzax viloyati – 868 ta;
Qashqadaryo viloyati – 1 476 ta;
Navoiy viloyati – 489 ta;
Namangan viloyati – 891 ta;
Samarqand viloyati – 1 863 ta;
Surxondaryo viloyati – 1 159 ta;
Sirdaryo viloyati – 526 ta;
Toshkent viloyati – 1 467 ta;
Farg‘ona viloyati – 2 108 ta;
Xorazm viloyati – 688 ta;
Toshkent shahri – 701 ta.
Ma’lumot uchun, kutubxonalar soniga mamlakat hududidagi barcha ta’lim muassasalari kutubxonalari, mahalliy hokimiyat organlariga qarashli axborot-resurs markazlari, shuningdek, vazirlik, idora va ular tasarrufidagi tashkilotlarga qarashli barcha axborot-kutubxona markazlari kiritilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
109727
Jamiyat
94105
Jamiyat
89892
Jamiyat
73092
Jamiyat
//
Izoh yo‘q