Imtiyozli ipoteka va besh kunlik ish haftasi – shifokorlar uchun qator imtiyoz va mukofotlar joriy etiladi

Saqlash
19:07 / 09.11.2025 159 0

O‘zbekiston Prezidenti “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, 2026-yildan boshlab:

 

— Tibbiyot xodimlariga Tibbiyot kuni munosabati bilan eng kam oylik miqdorida har yili mukofot beriladi.

 

— “Eng yaxshi shifokor”, “Eng yaxshi shifoxona”, “Eng yaxshi rahbar” nominatsiyalari joriy etiladi. G‘oliblarga 500 million so‘mgacha mukofot va xorijda o‘qish imkoniyati taqdim etiladi.

 

— 2026-yil 1-apreldan 5 kunlik ish haftasi joriy etiladi.

 

— Farzandlar uchun qo‘llab-quvvatlash: 15 yildan ortiq stajli shifokorlarning farzandlariga kontrakt to‘lovining 30 foizigacha qismi qoplab beriladi.

 

— Har yili 15 yildan ortiq stajga ega 500 nafar xodimga ipoteka dastlabki badalining 25 foizi to‘lab beriladi.

 

— Ilmiy maqolalar uchun xarajatlar to‘liq qoplanadi.

 

— Akkreditatsiyadan o‘tgan muassasalarda ishlovchilarga oylikning 10 foizi miqdorida ustama belgilanadi.

 

— Sanatoriy va tibbiy yordam uzoq yillik tajribali xodimlarga bepul taqdim etiladi.

 

— Davlat xizmatlari uchun to‘lovlar ikki barobar arzonlashtiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//