Ilm-fan
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 4-bosqich talabasi Sabohat G‘ofurova Seul shahridagi Yonse (Yonsei University) universiteti tomonidan har yili koreys tili va adabiyoti bo‘yicha xorijliklar o‘rtasida o‘tkaziladigan 31-xalqaro ijodiy tanlov sovrindori bo‘ldi.
U chet ellik ishtirokchilar orasida birinchi, umumiy hisobda esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Tanlov koreys yozuvi e’lon qilinganining 579 yilligiga bag‘ishlangandi. Unda 76 mamlakatdan 1400 dan ortiq talaba ishtirok etib, ikkita nominatsiya — “Ko‘zgu” mavzusidagi she’riy va “Xotiralar” mavzusidagi insholar bo‘yicha o‘z ishlarini taqdim etdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, 73 ta mukofot, jumladan, bosh prezident sovrini va to‘rtta oltin mukofot g‘oliblarga topshirildi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q