Jamiyat
“O‘zgidromet” 8—9-noyabr kunlari uchun qanday ob-havo bo‘lishini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, keyingi kunlarda O‘zbekiston hududidan sovuq havo massalari chekinishda davom etadi. Havo harorati asta sekin ko‘tariladi.
7-noyabrda kunduzi havo 10-12 daraja iliqqacha, yakshanba kuni esa 14-17 darajagacha, janubda 18-20 darajagacha isiydi. Kechalari ham havo harorati ko‘tariladi, hududning katta qismida harorat iliq bo‘ladi. Kuchsiz sovuq kechasi va ertalab asosan faqat Respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida saqlanib turadi.
Toshkentda dam olish kunlari havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 7-noyabrda 10-12 daraja iliq bo‘ladi, 8—9-noyabrda 14-16 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Harorat kechalari 1-3 daraja iliq bo‘ladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q