Jamiyat
1-oktabr holatiga koʻra, 149465 nafar jismoniy shaxs ixtiyoriy ravishda oʻziga-oʻzi kredit rasmiylashtirilishini taqiqlagan. Bu haqda Kredit-axborot tahliliy markazi (KATM) xabar berdi.
Jismoniy shaxslarga oʻz maʼlumotlarini kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish xizmati 6-iyundan boshlab ishga tushirilgandi. Bu tizim orqali fuqaro kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritilishi yoki reyestrdan chiqarilishi mumkin.
Oʻziga kredit rasmiylashtirilishini 101 467 nafar erkak va 47 998 nafar ayol taqiqlagan. Ushbu mexanizmdan eng faol foydalanuvchilar – 26−35 yoshdagilar boʻlib, ularning soni 50 180 nafarni tashkil etadi (umumiy foydalanuvchilarning 33,6 foizi).
Shuningdek:
36−45 yoshdagilar – 38 257 kishi (25,6%);
26 yoshgacha boʻlganlar – 28 692 kishi (19,2%);
46−55 yoshdagilar – 18 805 kishi (12,6%);
56 yoshdan kattalar – 13 528 kishi (9%)ni tashkil qiladi.

Ushbu xizmatni yoqish yoki oʻchirishni bir necha usullar orqali amalga oshirish mumkin:
KATM mobil ilovasi orqali – “Ommabop xizmatlar” boʻlimidan “Kreditga taqiq” xizmati orqali (Android, iOS va Huawei AppGallery);
Kredit byurosining veb-saytida shaxsiy kabinet yoki koll-markaz (+998 712034747) orqali;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Kredit bitimini tuzishga taqiq qoʻyish yoki taqiqni olib tashlash” xizmati orqali;
Davlat xizmatlari markazlari orqali.
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
109706
Jamiyat
94091
Jamiyat
89874
Jamiyat
73050
Jamiyat
//
Izoh yo‘q