Siyosat
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga tashrif doirasida oʻziga ajratilgan qarorgohda AQSH Kongressining Vakillar palatasi aʼzolari – Bill Xayzenga, Kerol Miller va Sidni Kamlager-Davni qabul qildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ikki mamlakat parlamentlarining amaliy hamkorligini kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Qonun chiqaruvchi organlar oʻrtasidagi aloqalar jadal rivojlanayotgani, Kongressda Oʻzbekiston boʻyicha kokus samarali faoliyat yuritayotgani taʼkidlandi.
.jpg)
Tomonlar Vakillar palatasidagi kokus koʻmagida oʻtkazilayotgan “Oʻzbekiston kunlari” ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilayotganini qayd etdi. Shu bilan birga, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni, avvalo savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda amalga oshirishda Kongress qoʻllab-quvvatlovi muhim ekani taʼkidlandi.
Uchrashuvda hududlararo hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Kongress aʼzolari vakillik qilayotgan Gʻarbiy Virjiniya, Michigan va Kaliforniya shtatlari bilan sanoat, infratuzilma, qishloq xoʻjaligi, taʼlim hamda boshqa yoʻnalishlarda amaliy sheriklik loyihalarini ishga tushirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida AQSH Kongressi vakillarining Oʻzbekistonga tashrifini uyushtirish, shuningdek, ikki mamlakat hududlari rahbarlari boshchiligidagi ishbilarmon doiralar delegatsiyalarining oʻzaro tashriflarini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Madaniyat
Jamiyat
110568
Jamiyat
94407
Jamiyat
90300
Jamiyat
74022
Jamiyat
//
Izoh yo‘q