OpenAI ChatGPTʼga yuridik va tibbiy tavsiyalar berishni taqiqladi

Saqlash
16:24 / 05.11.2025 20 0

OpenAI kompaniya xizmatlaridan foydalanish siyosatini yangiladi. Unga koʻra, ChatGPT foydalanuvchilarga bir qator masalalarda ortiq maslahat bermaydi. Foydalanuvchilar endi ChatGPT chat-botidan yuridik va tibbiy masalalarda maslahat ololmaydi. Tartib shuningdek, taʼlim, uy-joy, bandlik, moliyaviy faoliyat va kreditlash, sugʻurtalash va “muhim davlat xizmatlari”ga ham tegishli. Bundan tashqari, ChatGPT migratsiya va milliy xavfsizlik boʻyicha ham tavsiyalar berishni toʻxtatadi.


 

 

“Biz foydalanuvchilardan kompaniya xizmatlaridan toʻgʻri foydalanishini talab qilamiz. Qoida va xavfsizlik choralarini buzish yoki rioya qilmaslik bizning tizimga kirish imkonini yoʻqotish yoki boshqa jazo choralariga sabab boʻlishi mumkin”, deyiladi kompaniya xabarida.

 

Kompaniya servislaridan quyidagi maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi:

 

- tahdid qilish;

- qoʻrqitish;

- taʼqib yo tuhmat qilish;

- suiqasdga targʻib qilish.

 

Shuningdek, jinsiy zoʻravonlik, terrorizm, qurol yaratish, sotib olish yoki foydalanish hamda pul asosiga qurilgan azart oʻyinlar ham taqiqlangan.

 

Bundan tashqari, OpenAI xizmatlaridan inson surati, ovozi va realistik portretidan uning ruxsatisiz foydalanish ham taqiqlandi. Shaxsning jinoyat sodir etish xavfini “uning shaxsiy xususiyatlari”ga asoslanibgina baholash yoki bashorat (prognoz) qilish ham mumkin emas.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//