Jamiyat
Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova 4-noyabr kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar bermoqda.
Yig‘ilish avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi o‘qib eshittirildi.
Mazkur farmoyishga ko‘ra Risyukova Yuliya Vasilyevna Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
Hilola Umarova Prezident tomonidan ta’lim sohasiga doir belgilab berilgan dolzarb vazifalarga to‘xtalar ekan, markazga vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda yangi loyihalarni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Yig‘ilish davomida markaz oldiga qo‘yilgan vazifalar va ta’lim sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Yakunda ta’lim sohasidagi islohotlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
111040
Jamiyat
94511
Jamiyat
90451
Jamiyat
74511
Jamiyat
//
Izoh yo‘q