Jamiyat
Toshkent viloyatida yangi aeroport quriladigan hududda yangi loyihalar va qurilish ishlari cheklanishi haqda xabar bermoqda Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi matbuot xizmati.
“Yangi aeroport uchun mo‘ljallangan hududdagi mavjud mulklar qiymati asossiz oshishining oldini olish maqsadida yangi foydalanuvchilarga taqsimlash, rasmiylashtirish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda qurilish ishlarini olib borish cheklanadi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, boshqarma yangi aeroport uchun mo‘ljallangan hududda aholi ko‘chirilishini hamda aholi xonadonlariga va fermer xo‘jaliklari hududidagi mavjud bino-inshootlariga kompensatsiya to‘lab berilishini ma’lum qildi.
Shu maqsadda hudud to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, turar va noturar joy binolari hamda qishloq xo‘jaligi ekinzorlari egalariga yetkaziladigan zararni qoplash uchun kompensatsiya miqdori aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, aeroport Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlari tutash hududida 1300 gektar maydonda qurilmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109795
Jamiyat
94169
Jamiyat
89977
Jamiyat
73176
Jamiyat
//
Izoh yo‘q