Jahon
UNESCO'ning ilk bor Samarqand viloyatida boʻlib oʻtgan 43-sessiyasida 15-dekabr sanasi “Butunjahon turkiy tillar oilasi kuni” deb eʼlon qilindi.
Tarixiy Samarqand shahrida, 194 mamlakat, 5 mingdan ziyod delegatlar ishtirokida boʻlib oʻtgan YUNESKOning mazkur konferensiyasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻonning 15-dekabr sanasini “Butunjahon turkiy tillar oilasi kuni” deb belgilash taklifi boʻyicha qaror loyihasi koʻrib chiqilib, maʼqullandi.
Yigʻilishda Turkiyaning UNESCO'dagi doimiy vakili, posol Gulnur Aybet mazkur masalaga bagʻishlangan chiqishida turkiy tillar oilasini saqlab qolish, ommalashtirish va alohida nishonlash maqsadida UNESCO shafeligida barcha turkiy davlatlar tomonidan tayyorlangan taklif uchun barcha homiy mamlakatlarga minnatdorchilik bildirdi.
U shuningdek, til nafaqat muloqot vositasi, balki avlodlar davomida umumiy xotira, donolik va oʻziga xoslikni tashuvchi sivilizatsiyalar ruhi ekanini taʼkidladi. Yirik hududda 200 milliondan ortiq odam soʻzlashadigan turkiy tillar oilasi asrlar davomida umumiy tarix va qadriyatlardan tashkil topgan boy madaniy merosni ifodalaydi.
15-dekabr – turkiy yozuvdagi eng qadimgi yodgorliklardan biri boʻlgan Oʻrxun bitiklari ilk bor shifrlangan (tushunarli yozuv formatiga oʻgirilgan) kun
Aybet 15-dekabr kunining ahamiyati haqida taʼkidlab, bu kunda turkiy tilning eng qadimiy (VIII asrga oid) yozma hujjatlaridan biri Oʻrxun bitiklari ilk marta shifrlangan kun ekanini aytib oʻtdi. U shuningdek, bu tarixiy kun Tukr sivilizatsisining umumiy madaniyat va sanʼati boyligi ramzi boʻlib, mamlakatlar oʻrtasida madaniy yaqinlashuv va muloqotga koʻmaklashishini qayd etdi.
“UNESCO “Butunjahon turkiy tillar kuni”ni nishonlash orqali yana bir bor koʻp tillilik, madaniy xilma-xillik va xalqlar oʻrtasidagi muloqotga sodiqligini tasdiqlaydi” - deydi Gulnur Aybet.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109702
Jamiyat
94088
Jamiyat
89869
Jamiyat
73038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q