Jamiyat
4-noyabr kuni nufuzli QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan e’lon qilingan Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingi — QS Asia University Rankings—2026 ro‘yxatidan O‘zbekistonning 22 ta oliy ta’lim tashkiloti joy oldi. Shulardan 8 tasi o‘z o‘rnini o‘tgan yilgi natijalarga nisbatan yaxshilagan.
Ushbu natija mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarning amaliy samarasidir.
Ma’lumot uchun, mazkur reytingda Osiyoning 25 ta mamlakat va hududidan 1500 dan ortiq universitetlar baholangan. Ulardan 557 tasi ilk bor ro‘yxatga kiritilgan.
Reyting mezonlari ilmiy salohiyat, xalqaro nufuz, bitiruvchilarning bandlik darajasi, o‘quv jarayonining sifat ko‘rsatkichlari hamda xalqaro hamkorlik faoliyatiga asoslanadi.
QS Asia University Rankings 2026’da O‘zbekiston OTMlari natijalari.

Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q