Jamiyat
Pensiya jamg‘armasi O‘zbekistonda pensiya miqdorini oshirib berishni va’da qilib firibgarlik qilayotganlar paydo bo‘lganidan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, shunday yolg‘on va’dalar bilan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini olib, ulardan pul talab qilish holatlari kuzatilmoqda.
Jamg‘arma matbuot xizmati pensiya miqdorini oshirish faqat Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshirilishini, unda, fuqarolarda pensiyasini qayta hisoblash uchun asoslar paydo bo‘lganda faqat jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatdi.
“Pensiya jamg‘armasining hech bir xodimi fuqarolarga ko‘chada pensiya miqdorini oshirib berishni taklif qilmaydi. Begona shaxslarga pasport, plastik karta yoki JSHSHIR (PINFL) raqami kabi shaxsiy ma’lumotlaringizni hech qachon taqdim qilmang”, deyiladi rasmiy xabarda.
Pensiya jamg‘armasi shu kabi shubhali holatlarga duch kelgan fuqarolardan jamg‘armaning ishonch telefoni (1271) Ichki ishlar organlariga (102) xabar berishni so‘radi. Firibgarlarga aldanishdan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. O‘zbekistonda ayni paytda yoshga doir eng kam pensiya miqdori — oyiga 918 000 so‘m, nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori — oyiga 1 012 000 so‘mni tashkil etmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
109842
Jamiyat
94201
Jamiyat
90025
Jamiyat
73214
Jamiyat
//
Izoh yo‘q