Jamiyat
O‘zbekistonda OTM bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashishga qaratilgan qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.
Bunda imtiyozli kredit tadbirkorlarga har bir mlrd so‘m qiymatgacha bo‘lgan mablag‘ uchun kamida 1 nafar bitiruvchini ishga olish sharti bilan beriladi hamda mablag‘lar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarga asosiy vositalar sotib olish va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratiladi.
Tadbirkor imtiyoz olishiga sabab bo‘lgan bitiruvchi bilan 2 yil davomida mehnat shartnomasini bekor qilsa, kredit foizi mehnat shartnomasi bekor bo‘lgan sanadan tijorat stavkasiga o‘zgartiriladi. Bundan ushbu xodim o‘rniga 1 oy muddatda boshqa bitiruvchi ishga qabul qilingan hollar mustasno.
Shu bilan birga, bitiruvchilar o‘rtasida eng yaxshi startap va innovatsion loyihalar tanlovi tashkil etiladi va g‘oliblarga kamida 2 nafar bitiruvchini ishga olish majburiyati bilan 1 milliard so‘mgacha grant ajratiladi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
109842
Jamiyat
94201
Jamiyat
90025
Jamiyat
73214
Jamiyat
//
Izoh yo‘q