Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 5-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Vashington shahriga keldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
“Endryus” aviabazasida davlat rahbarini AQSh davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landau, AQSh — O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev AQShda ishlayotgan va ta’lim olayotgan bir guruh vatandoshlar bilan ko‘rishdi. Davlat rahbari ularga muvaffaqiyatlar tiladi.
.png)
Tashrifning asosiy tadbirlari 5−6-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston va AQSh yetakchilari uchrashadi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh yetakchilarining “C5+1” formatidagi sammitida o‘tkaziladi.
Tadbirlar dasturidan AQSh Kongressi va hukumati vakillari bilan muzokaralar, ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalarining rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar hamda ishbilarmon doiralar ishtirokidagi davra suhbati ham o‘rin olgan, deyiladi xabarda.
Bu Shavkat Mirziyoyevning Donald Tramp bilan so‘nggi 45 kundagi ikkinchi uchrashuvi bo‘ladi. 24-sentyabr kuni BMT bosh qarorgohida O‘zbekiston va AQSh prezidentlari muzokaralar olib borgandi.




Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109701
Jamiyat
94087
Jamiyat
89867
Jamiyat
73034
Jamiyat
//
Izoh yo‘q