Ilm-fan
Joriy yilning 3-noyabr kuni qabul qilingan qonun (OʻRQ–1093-son, 03.11.2025-y.) bilan “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritildi. Bu haqda Huquqiy axborot telegram kanalida maʼlum qilindi.
Mazkur Qonun bilan “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga quyidagilarga qaratilgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritildi:
- nashriyot bosh muharririning huquqiy maqomini belgilash;
- kitobxonlik madaniyatini ragʻbatlantirish.
Qonun bilan kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, bosh muharrir lavozimiga oliy maʼlumotga ega boʻlgan, noshirlik faoliyatida kamida 3 yil ish staji bor boʻlgan shaxs tayinlanadi.
Bosh muharrir tashkilotning muassisi (muassislari) yoki rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Nashriyot nashrlarini chiqarish toʻgʻrisidagi qaror bosh muharrir tomonidan qabul qilinadi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ilm-fan
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112152
Jamiyat
94836
Jamiyat
90894
Jamiyat
75686
Jamiyat
//
Izoh yo‘q