Madaniyat
Oʻzining 10 yilligini nishonlayotgan Yevropa kinofestivali 7−9-noyabr kunlari poytaxtda va 12-noyabr kuni Termizda boʻlib oʻtadi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xabar berdi.
Festival dasturiga 12 ta Yevropa davlatlaridan lirik dramalardan tortib, oʻzlikni anglash haqidagi ilhomlantiruvchi hayotiy tanlov va insoniy tuygʻular haqidagi hikoyalarni oʻz ichiga olgan 12 ta film kiritilgan. Bundan tashqari, ispan raqs sanʼati ixlosmandlari uchun Aire Nuevo Danza (Ispaniya) guruhi tomonidan klassik va zamonaviy raqslar bilan chiqishlar boʻladi.
Shuningdek, tadbir davomida Fransiya Alyansi tomonidan Gyote instituti va Oʻzbekiston Kino ixlosmandlari uyushmasi hamkorligida “Avlodlar” mavzusida havaskor qisqa metrajli filmlar namoyishlari oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
Kinofestival Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi tomonidan, Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar elchixonalari bilan hamkorlikda, Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi koʻmagida tashkil etiladi.
Namoyishlar bepul taqdim etiladi. Filmlar asl tilida, oʻzbek va/yoki rus tilidagi subtitrlar bilan taqdim etiladi.
7-noyabr
8-noyabr
9-noyabr
12-noyabr
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109748
Jamiyat
94127
Jamiyat
89913
Jamiyat
73115
Jamiyat
//
Izoh yo‘q