Jamiyat
Markaziy bank boshqaruvining “Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori Adliya vazirligida 2025-yil 28-oktyabrda 3697-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur hujjatga ko‘ra, moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan fuqarolar va tadbirkorlar uchun kredit to‘lovlarini kechiktirish yoki qayta taqsimlash imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, homiladorlik va tug‘ish ta’tilini olgan ayollarning amaldagi kreditlari bo‘yicha to‘lovlar muddati o‘n oygacha uzaytirilishi mumkin bo‘ladi.
Mazkur chora-tadbir vaqtinchalik qiyin ahvolda qolgan qarzdorlarga yordam berish hamda bank tizimi barqarorligini saqlashga qaratilgandir.
Hujjat belgilanishicha, agar arizani qanotlantirishni rad etish bo‘yicha qaror qabul qilinsa, bu to‘g‘risida asoslantirilgan holda arizachiga xabar beriladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q