Jamiyat
Bugun, 3-noyabr kuni Chevrolet Cobalt avtomobili uchun ochilgan kontraktatsiya jarayonida UzAutoSavdo onlayn-savdo tizimi 522 marta kiberhujumga uchragan. Bu haqda kompaniyaning o‘zi rasmiy xabarida ta’kidlab o‘tdi.
Soat 11:45 holatiga ko‘ra, tizimda ushbu vaqt oralig‘ida 230 mingdan ortiq faol seanslar va soniyasida 825 dan ortiq yangi seanslar qayd etilgan.
Kompaniya, shuningdek, xaridorlardan onlayn tarzda tuzilgan shartnomalarda maxsus QR-kod mavjud bo‘lishiga e’tibor qaratishni so‘ragan. Bu shartnomaning haqiqiyligini tasdiqlaydi.
“Bunday QR-kodga ega bo‘lmagan shartnomalarga “UzAuto Motors” AJ va Chevrolet rasmiy dilerlari aloqador emas. Mijozlardan diqqatli bo‘lishlarini va shartnoma tuzishda doimo ushbu QR-kod mavjudligini tekshirishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, bugun ochilgan kontraktatsiyada soat 11:45 gacha 88 264 dan ortiq shartnoma muvaffaqiyatli rasmiylashtirilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109681
Jamiyat
94066
Jamiyat
89849
Jamiyat
73002
Jamiyat
//
Izoh yo‘q