Hafta davomida aksar hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Saqlash
11:17 / 03.11.2025 55 0

O‘zgidromet 4–7-noyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan

7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-noyabrda 0– +5° iliq, 5–7-noyabrda 0– -5° sovuq gacha pasayadi, kunduzi +7– +12° iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4-noyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 5–7-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-noyabrda kechasi +2– +7° iliq, kunduzi +8– +13° iliq; 6-7-noyabrda kechasi -2° sovuq– +3° iliq, kunduzi +10– +15° iliq, Navoiy viloyating shimolida kechasi 4-noyabrda 0– +5° iliq, 4–7-noyabrda 0– -5° sovuq gacha pasayadi, kunduzi +5– +10° iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5–7-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5-noyabrda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4 noyabrda +3°– +8° iliq, 5–7-noyabrda -2°sovuq– +3° iliq gacha pasayadi, kunduzi 4–6 noyabrda +8°– +13° iliq, 7-noyabrda +10°– +15° iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi,4-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5–7-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-noyabrda +3°– +8° iliq, 5–7-noyabrda 0– +5° iliq, kunduzi +12°– +17° iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5–7-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5-noyabrda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-noyabrda +3°– +8° iliq, 5–7-noyabrda -2° sovuq– +3° iliq gacha pasayadi, kunduzi 4-6-noyabrda +8°– +13° iliq, 7-noyabrda +10°– +15° iliq bo‘ladi.

 

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4-5-noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi. 6-7-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5-6-noyabrda ayrim joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-noyabrda kechasi va kunduzi -2° sovuq– +3° iliq, 5-6-noyabrda kechasi -5°– -10° sovuq, kunduzi -3°sovuq– +2° iliq, 7-noyabr kechasi -3°– -8° sovuq, kunduzi 0°– 5° iliq bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//