Jamiyat
Qashqadaryoda to‘yida 14 ta qozonda osh damlagan fuqaro bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarimaga tortildi, deb xabar berdi Daryo nashri.
Xabarda yozilishicha, 1994-yilda tug‘ilgan, Chiroqchi tumanining “Buronjuz” mahallasida yashovchi, II guruh nogironi S.Q. 13-oktyabr kuni o‘z xonadonida to‘y marosimi o‘tkazgan.
U qarindoshlar hamda qo‘shnilar ishtirokida o‘tgan to‘yga ko‘pchilik kelgani uchun amaldagi talablardan ortiq darajada, ya’ni 14 ta katta qozonda ovqat tayyorlatgan.
Sudda u qilmishini tan olgan va pushaymonligini bildirib, yengillik berilishini so‘ragan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumani sudining qarori bilan S.Q. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 192¹-moddasida (to‘ylar, oilaviy tantanalar va ma’raka-marosimlar tartibini buzish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan va unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, ya’ni 4 million 120 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlagan.
Eslatma uchun, Oyina.uz ayrim marosimlarni o‘tkazish taqiqlanishi haqida xabar bergan edi. Unda dabdababozlikka yo‘l qo‘yilmasligi, to‘ylar tartibga solinishi haqida ham aytilgan.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
110043
Jamiyat
94306
Jamiyat
90164
Jamiyat
73476
Jamiyat
//
Izoh yo‘q