Jamiyat
Senatning o‘n birinchi yalpi majlisida “Pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Mazkur Qonun bilan pirotexnika buyumlari tushunchasi ochib berilgan. Pirotexnik tarkibning yonishi (portlashi) yordamida optik, akustik, elektr va boshqa vizual effektlarni hosil qilish uchun mo‘ljallangan qurilmalar pirotexnika buyumlari sinfiga kirishi, ushbu buyumlarning xavflilik I–V sinflariga bo‘linishi belgilandi.
Bundan tashqari, pirotexnika buyumlarining erkin va cheklangan muomalasi belgilab qo‘yildi.
Jumladan, xavflilikning I sinfiga kiruvchi pirotexnika vositalari, ya’ni bengal mayoqchalari, stol fontanlari, xlopushka kabi xavfli hudud radiusi 0.5 metrdan oshmaydigan pirotexnika buyumlari erkin muomalada bo‘lishi aniq qayd etildi. Shu sababli ham mazkur sinfga kiruvchi pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish, ularni saqlash, foydalanish va boshqa turdagi harakatlar uchun hech qanday taqiq bo‘lmaydi.
Fuqarolar va jamoat xavfsizligiga yuqori xavf manbai hisoblanishi sababli xavflilikning II sinfiga kiruvchi pirotexnika vositalarining, ya’ni petardalar, ochiq maydonlarda foydalanishga mo‘ljallangan pirotexnik fontanlar kabi xavfli hudud radiusi 5 metrgacha bo‘lgan pirotexnika buyumlarining muomalasi fuqarolar va yuridik shaxslar uchun to‘liq taqiqlanadigan bo‘ldi.
Xavflilikning II–V sinflariga kiruvchi pirotexnika buyumlarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarish, tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tashish, jo‘natish, o‘tkazish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanishga esa yo‘l qo‘yilmaydi. Biroq davlat ishtirokidagi mudofaa sanoati korxonalari tomonidan ushbu buyumlarni ishlab chiqarishga, tayyorlashga, saqlashga, tashishga va o‘tkazishga ruxsat beriladi.
Shu bilan birga, xavflilikning III–V sinflariga kiruvchi pirotexnika buyumlaridan mushakbozlik tashkil etilishi belgilangan ommaviy tadbirlar o‘tkazishda, xavflilikning II – V sinflariga kiruvchi pirotexnika buyumlaridan sanoat va harbiy maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish mumkin bo‘ladi.
Hujjatga ko‘ra, pirotexnika buyumlarining muomalasi ustidan davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, ichki ishlar va bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda pirotexnika buyumlaridan noqonuniy foydalanganlik (185/1-modda) uchun belgilangan ma’muriy jazo chorasi kuchaytiriladi.
Xususan, ushbu turdagi qonunbuzarlik uchun amaldagi BHMning besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdordagi jarima jazosi BHMning o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha oshiriladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109679
Jamiyat
94065
Jamiyat
89847
Jamiyat
73001
Jamiyat
//
Izoh yo‘q