Jamiyat
Prezidentning ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sun’iy intellektga yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirishga qaratilgan qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, bunday startap loyihalarni moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 2026–2027-yillarda qo‘shimcha 100 million dollar ajratiladi.
Mablag‘larning teng yarmi beg‘araz asosda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun yo‘naltiriladi.
Qolgan 50 million dollar esa teng ulushlarda “Fondlar fondi” va “IT Park Ventures” venchur jamg‘armalari ustav kapitaliga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ulushi sifatida kiritilishi orqali sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi.
Pullarni “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan taqsimlanishi belgilangan.
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
111042
Jamiyat
94511
Jamiyat
90453
Jamiyat
74512
Jamiyat
//
Izoh yo‘q