 
                   
                    Madaniyat
Toshkent viloyatida joylashgan Qanqa arxeologik yodgorligida olib borilayotgan ekspeditsiya davomida 5–8-asrlarga oid ibodatxona va harbiy anjomlar topildi.
Fanlar akademiyasi Tarix instituti Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda yodgorlikni “Ochiq osmon ostidagi muzey”ga tayyorlash ustida izlanishlarni davom ettirmoqda.
Qanqa qadimiy Turon tarixida muhim o‘rin tutuvchi yirik shahar yodgorliklaridan biri bo‘lib, tadqiqotchilar uni “Avesto”da tilga olingan Qang‘desh va “Shohnoma”da qayd etilgan Turon shohi Alp Er To‘nga shahri — Qang‘dez bilan bog‘laydi.
Tarix institutining “Harbiy tarix markazi” va “Qadimgi dunyo tarixi” bo‘limlari xodimlaridan iborat ilmiy guruh yodgorlik arkining quyi qismida joylashgan ibodatxonani o‘rgangan. Qazishmalar davomida metalldan ishlangan jangchi sovuti bo‘laklari topilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qadimda ibodatxonalar jamiyat madaniy hayotining muhim qismi bo‘lgan. Odamlar bu joyga o‘zlari yasagan eng yaxshi buyum yoki mahsulotni sovg‘a sifatida keltirish an’anasi mavjud bo‘lgan. Topilgan jangchi sovuti ham ana shunday marosim bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Topilmalar turkiy xalqlarning harbiy madaniyati va dunyoqarashi haqida yangi ma’lumotlar beradi. 2021-yilgi qazishmalarda ibodatxona kirish qismida ot aslahalari topilgan bo‘lsa, bu yilgi sovut qismlari topilmasi turkiy jangchilarning harbiy an’analariga alohida e’tibor qaratilganini tasdiqlaydi.
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Madaniyat
 109663
             109663
          Jamiyat
 94048
             94048
          Jamiyat
 89828
             89828
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q