 
                   
                    Jamiyat
Workmall xususiy bandlik agentligi o‘zbekistonlik tajribali elektriklarni Janubiy Koreyada kemasozlik korxonasiga ishga taklif qilmoqda, deb xabar berdi Migratsiya agentligining Telegram’dagi “Xorijda ish” e’lonlar kanali.
Ish o‘rinlari 50 ta bo‘lib, ishchilar bilan doimiy mehnat shartnomasi tuziladi. Ish vaqti oyiga 264 soat bo‘lib, qo‘shimcha har bir soat uchun haq to‘lanadi. Oylik maosh 2 571 000 von (1750 AQSh dollari)ga teng. Ishchilar ish beruvchi tomonidan turar joy bilan bepul ta’minlanadi.
Nomzodlar 22−35 yosh oralig‘ida, sudlanmagan bo‘lishi kerak. Shuningdek, bakalavr yoki undan yuqori darajadagi soha bo‘yicha diplomi va ushbu yo‘nalishda 1 yildan ortiq rasmiy ish tajribasi bo‘lishi kerak.
Nomzodlar saralash bosqichidan o‘tgandan so‘ng yoki ungacha bir-ikki oylik intensiv koreys tili kursida tilni o‘rganishi lozim (Migratsiya agentligi tomonidan Angren shahrida bir oylik o‘quv kurslari tashkil etilgan).
Ish beruvchi tomonidan sug‘urta bilan mehnat shartnomasi taqdim qilinadi. Shuningdek, ish vaqtida bir mahal ovqatlanish ham ish beruvchi hisobidan bo‘ladi.
Har bir nomzod Migratsiya agentligining Xorijda ish platformasida ro‘yxatdan o‘tadi. Mazkur havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.
Murojaat uchun xususiy bandlik agentligining telefon raqami: +99871 200 86 00
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Madaniyat
 
                  Jamiyat
 109663
             109663
          Jamiyat
 94048
             94048
          Jamiyat
 89828
             89828
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q