Madaniyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etish uchun 30-oktabr kuni Samarqandga tashrif buyurdi.
Anʻanaga muvofiq, avvalo, Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi. Qurʻon tilovat etilib, duo oʻqildi.
Prezident majmuadagi soʻnggi pardozlash ishlari, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish jarayonlari bilan tanishdi.
Davlat rahbarining tashabbusi bilan mazkur majmua buyuk muhaddis bobomizning islom olamida tutgan yuksak mavqeyi, ulkan salohiyatiga munosib tarzda qaytadan bunyod etildi. Ziyoratchilarga har tomonlama qulay sharoit yaratildi.
Majmua hududi kengaytirilib, ayni paytda uning umumiy maydoni 44 gektarga yetdi. Moʻtabar maqbara, 10 ming kishilik masjid va maʻmuriyat binosi, muzey, kirish va chiqish ayvonlari qurib bitkazilgan. Ziyoratgohning 4 burchagidagi 75 metrlik minoralar unga mahobat bagʻishlagan.
Davlat rahbari yangi masjiddagi bunyodkorlikni koʻzdan kechirdi.
Yangi majmuada innovatsion muzey ham tashkil etildi. U islom olamida muhaddislar sultoni deya eʻtirof etilgan Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi, islom maʻrifati rivojiga qoʻshgan hissasini namoyon etadi. Shuningdek, muzeyda Qurʻoni karimda ismlari zikr qilingan 25 ta paygʻambar tarixi, Muhammad alayhissalomning shajarasi, Makka va Madinadagi hayoti, hadislarning jamlanishi va yozilishi haqidagi maʻlumotlar joylashtirilgan.
Ziyoratgoh atrofida mehmonxona va boshqa xizmat koʻrsatish binolarida ham qurilish ishlari yakuniy bosqichga kirgan. Bitta toʻrt yulduzli, ikkita uch yulduzli va 22 ta oilaviy uy mehmonxonalari tashkil etildi.
Davlat rahbari mamjua faoliyatini sifatli tashkil etish, odamlarga qulayliklarni kengaytirish, yashil maydonlarni koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Majmua hududiga daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
109659
Jamiyat
94043
Jamiyat
89822
Jamiyat
72979
Jamiyat
//
Izoh yo‘q