Jamiyat
Milliy statistika qo‘mitasi aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish qanday tartibda o‘tkazilishini ma’lum qilib, fuqarolarni firibgarlardan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, jarayon 2 bosqichda tashkil etiladi:
1-bosqichda 2026-yil 15-31-yanvar kunlari, ya’ni 17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratiladi.
2-bosqichda 4-28-fevral kunlari “Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olishni tashkillashtiradi.
Agentlik ro‘yxatga olish faqat “Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan o‘tkazilishini hamda fuqarolardan hech qanday SMS-kod yoki pul mablag‘lari so‘ralmasligini ta’kidladi.
“Shaxsiy ma’lumotlar telefon yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali so‘ralmaydi, onlayn ro‘yxatdan o‘tishda yagona rasmiy platforma orqali belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tish savolnomasini to‘ldirasiz” deyiladi xabarda.
Yettilik a’zolari o‘z mahallasida ro‘yxatga olish tadbirini ifodalovchi maxsus beyjikda bo‘lishadi va faqat census.stat.uz sayti orqali ma’lumotlarni bazaga yuborishadi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q