Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Xusanov Azimjon Nozimjonovich — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon va “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorni imzolagan edi.
Farmonga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi. Agentlik markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan shtatlar soni 70 ta etib belgilandi. Ushbu shtat birliklari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidan 30 ta, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidan 25 ta, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazining 15 ta shtat birligi hisobidan shakllantiriladi.
Agentlik:
texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy ta’lim sohasini boshqarishga mas’ul bo‘ladi;
kasbiy ta’lim dasturlari mazmuni, malaka darajalari, o‘qitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda o‘quv-metodik ta’minotga talablarni belgilaydi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “vaucher” tizimi bilan qamrab olinmagan shaxslarni kasbga o‘qitadi.
Migratsiya agentligining xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib bergan buyurtmalari asosida fuqarolarni kasbga va xorijiy tillarga o‘qitadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
109653
Jamiyat
94038
Jamiyat
89812
Jamiyat
72967
Jamiyat
//
Izoh yo‘q